ESET kompaniyasi iOS-qurilmalar foydalanuvchilarini firibgarlikning yangi usuli topilganligidan ogohlantirdi. Kiberjinoyatchilar iTunes’dagi aslida amalga oshirilmagan xarid haqida xabarlar tarqatishadi hamda bank kartalari ma’lumotlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ib olishadi. Bu to‘g‘rida MacDigger saytiga tayanib Terabayt.uz xabar berdi.
Bunda potensial qurbonga onlayn-do‘kon nomidan elektron maktub keladi; unda shu foydalanuvchining Apple ID akkaunti boshqa bir qurilmada Riannaning musiqiy albomini xarid qilish uchun ishlatilganligi xabar qilingan bo‘ladi. Mazkur xaridni tasdiqlash uchun shu xabarga e’tibor bermaslik, xaridni rad etish uchun esa keltirilgan havola bo‘yicha o‘tib, tranzaksiyani bekor qilish taklif etiladi.
Foydalanuvchi aksariyat hollarda xat matnidagi grammatik xatolarga hamda uni yuboruvchining manzili Apple’ga umuman aloqador emasligiga qarab o‘tirmaydi. U xaridni bekor qilishga shoshiladi va firibgarlarga ishonib, havola bo‘yicha fishing saytiga o‘tadi. U erga o‘tganlardan esa o‘z Apple ID hamda uning parolini kiritish so‘raladi. Shuningdek, «o‘z shaxsini tasdiqlash uchun» anketani (FIO, telefon, pochta manzili, tug‘ilgan sanasi, bank kartalari ma’lumotlari) to‘ldirishlari ham talab etiladi.
Sahifada tegishli maydonchalarga kerakli ma’lumotlar kiritilgach, akkaunt tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risida xabar paydo bo‘ladi. Keyin foydalanuvchini haqiqiy iTunes Store bosh sahifasiga yo‘llashadi, uning shaxsiy ma’lumotlari esa allaqachon firibgarlarning qo‘liga o‘tib bo‘lgan bo‘ladi.
Mutaxassislar spam-tarqatmalarga e’tibor bermaslikni hamda antispam va antifishing funksiyalari ham mavjud bo‘lgan majmuaviy antivirus mahsulotlaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fishing haqida mana bu maqolamizda, antiviruslarning vazifasiga ko‘ra turlari xususida mana bu erda, Android uchun eng zo‘r antiviruslar to‘g‘risida esa mana bu joyda ma’lumotlar berganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi