Beeline LTE tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda va 4G Nukus, Termiz, Urganch va Xiva shaharlarida ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
«4G standarti mobil Internetning eng faol foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. Yangi tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tezligi aloqaning o‘tgan avlod tarmoqlari tezligidan bir necha barobar yuqori. Ishonamizki, abonentlarimiz yangi texnologiyaning barcha imkoniyatlarini yaxshi baholaydilar», — voqeani sharhlaydi Unitelning texnik direktori Evgeniy Klyuchev.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda yuqori tezlikdagi 4G Interneti Toshkent, Angren, Andijon, Bekobod, G‘ijduvon, Jizzax, Zarafshon, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Chirchiq shaharlarida amal qiladi. Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan https://beeline.uz saytida tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi