Aksariyat allaqachon devayslardagi biometrik sensorlarga o‘rganib qolgan, biroq plastik kartadan pul yechish kerak bo‘lsa, hali-hanuz PIN-kod kabi eng xavfsiz usuldan foydalaniladi. Visa kompaniyasi bunga o‘zgartirish kiritishga qaror qildi va o‘z kartalariga barmoq izlari skanerini o‘rnata boshladi.
Ta’kidlash joizki, Visa vakillari yangi usulga bekorga murojaat qilishmagan. Keng ko‘lamdagi so‘rovnoma o‘tkazilib, unda foydalanuvchilar tomonidan yangi usul tanlangan. Uning mohiyati shundan iboratki, kimki yangi namunadagi Visa kartasidan foydalansa, barmoq izlari skaneri yordamida shaxsni tasdiqlovchi odatiy jarayonni qo‘llay oladi. Barmoq izlari skaneri karta terminalga qo‘yilgan paytda faollashadi. Foydalanuvchi barmog‘ini qo‘ysa, chip uning izlarini arxivdagisi bilan taqqoslaydi va tranzaksiyaga ruxsat beradi yoki bermaydi. Bundan tashqari, PIN-kod orqali tasdiqlashdek "an’anaviy" usul ham qoladi.
Tizim to‘liq avtonom hisoblanadi, zero barmoq izi faqat kartaning o‘zida saqlanadi, chip esa terminaldan quvvat oladi. Yangi namunadagi ilk kartalar Mountain America Credit Union va Bank of Cyprus kompaniyalari xodimlari hamda mijozlariga tarqatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi