Telegram ishi bo‘yicha sud mojarosida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga rioya etilmadi. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari rasmiy vakili Rupert Kolvill ma’lum qilgan.
“Ushbu ishga jalb etilgan olti shaxsda, aftidan, kerakli yuridik kafolatlar bo‘lmagan, xususan, shifrlanish kalitlarini taqdim etish to‘g‘risida talab yuborilishiga asos bo‘luvchi sud qarori. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar yuridik kafolatlar va nazoratni talab etadi”, - dedi u.
Kolvillning eslatishicha, BMTning fikr erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Devid Key sud qarori bo‘yicha shifrlarni taqdim etish faqatgina alohida holatlarda ro‘y berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Bunda har bir alohida vaziyat uchun sud orderi talab etiladi hamda ommaviy tartibda emas, balki fuqarolar uchun jarayon huquqlariga rioya qilinishi darkor.
Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar vakilining so‘zlariga ko‘ra, messenjer bloklanishi hukumatning noodatiy reaksiyasidan darak beradi. “Rossiyada hamma uchun Telegram xabarlar servisining olti nafar alohida shaxsga nisbatan da’vo tufayli bloklanishi RF hukumatining umuman kutilmagan javobidir”, - deya aytib o‘tdi u.
Kolvill FTB Apple telefonlari shifrlanishini buzib kirish uchun kodlar talab qilgani bilan bog‘liq shunga o‘xshash voqeani eslatdi. Bu 2016 yilda San-Bernardinodagi qotilliklar bilan aloqador bo‘lgan. O‘shanda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al Husayn AQSH hukumatini keskin tanqid qilib, FTBning bunday harakati butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekanini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi