Moskva metrosining «Sxodnenskaya» va «Rechnoy vokzal» bekatlarini bog‘lab turuvchi zamonaviy osma yo‘llar uch yil davomida jamoat taransportiga aylanishi rejalashtirilmoqda, deya aytib o‘tdi Natalya Sergunina 24-26 may kunlari o‘tkazilayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda (PMEF-2018).
Sergunina bunday havo yo‘li loyihasini Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirish taklif etilayotganini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi transport vositasining qurilishidagi investitsiyalarning taxminiy miqdori 4 mlrd. rublni tashkil etadi.
Transportning yangi qulay ko‘rinishi Ximkinsk suv ombori ajratib turgan ikki hududni birlashtirib,borish vaqtini 45 daqiqadan 7 daqiqagacha qisqartiradi. U kun davomida 19 ming nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. To‘lovlar karta orqali amalga oshiriladi.
Moskva iqtisodiy siyosati va rivojlanishi departamenti rahbari Vladimir Yefimovning aytishicha, bunday tashabbus shahar aholisida katta qiziqish o‘yg‘otadi. Shuningdek, transport bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi