Ushbu loyiha ishga tushirilganiga endigina o‘n yil bo‘lsa-da, Terrafugia kompaniyasi o‘zining Terrafugia Transition uchar avtomobilini qachon sotuvga chiqarishi haqda ma’lum qildi.
Qanotlari yig‘iladigan ushbu avto-samolyot 2019 yilning boshida sotuvga chiqariladi, narxi 330 ming dollar. Uchar mashinaning tezligi soatiga 161 km. Eng uzoq parvoz 644 kilometrgacha davom etadi. Yerda esa Terrafugia Transition qanotlari yig‘ilgan holatda soatiga 100 kilometr tezlik bilan yura oladi. Apparat gaz-elektr dvigatelda ishlaydi va Boost funksiyasi bilan ta’minlangan. Bu motorning qudratini qisqa vaqtda oshira oladi. Shuningdek, uchar avtomobil to‘rtta xavfsizlik yostiqchasi hamda parashyut bilan jihozlandi.
Terrafugia Transition astomobilini yaratish 2008 yilda boshlangan edi. Ilk «jonli» test bir yil o‘tib amalga oshirildi. Shundan buyon to‘laqonli anons har doim qoldirib kelinardi, investorlar ketib qolardi, yangi investorlar jalb qilinardi, samolyotning dezayni takomillashtirilardi yoki yangisiga almashtirilardi. Xullas, bu vaqt mobaynida Terrafugia Transition dunyoda birinchi bo‘lib uchar avtomobil yaratish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. 2014 yilda uni Helicycle Pal-V ortda qoldirib, o‘zining ikki o‘rinli uchar qurilmasini chiqardi. Ushbu apparatning narxi 295 ming dollar qilib belgilangan edi. To‘g‘ri, Helicycle Pal-V tezda xonavayron bo‘ldi va hozirda ushbu model sotuvda yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi