Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar va guruhlar matnli e’lonlarini tagram bilan to‘ldirishga imkon beruvchi funksiyani ishga tushirmoqda. Postingni yangi imkoniyatlari ko‘proq yangi, o‘ziga xos e’lonlarni yaratish, ijtimoiy tarmoq uchun esa OK da yorqin va betakror kontent hajmini ko‘paytirishga imkon beradi. Xabar matnini yozishda foydalanuvchi yoki ma’murga o‘z e’lonini bezab, uni yangiliklar tasmasida yaqqolroq ko‘zga tashlanishi uchun rangli tagrasmni tanlash taklif etiladi. Tagrasmlar faqat 120 tagacha belgidan iborat xabarlar uchun qo‘yilishi mumkin.
Tagrasmli xabarlarni ijtimoiy tarmoqning desktopli vam mobil versiyalarida yaratish mumkin. Yaqin kunlarda tagrasmli matnni OK ning iOS va Android uchun ilovalarida ham e’lon qilish mumkin bo‘ladi. Odnoklassniki dagi matni xabarlar uchun tagrasmlarni joriy etilishini Disney, MGTS, Bilayn, MTS, Prology, Tinkoff, Tinkoff-Jurnal singari yirik brendlar qo‘llab-quvvatlashdi, ROTsIT va BigPikcha.ru esa guruhlarida o‘zlari yaratgan brend rasmlar manzarasida postlar qanday ko‘rinish olishi mumkinligini namoyish qildilar.
O‘tgan yil ijtimoiy tarmoqda rangli tagrasmli va yirik shriftli matnlarni e’lon qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xuddi o‘sha paytda OK «Kayfiyat» deb nomlangan e’lonlarning yangi formatini ishga tushirdi, endi foydalanuvchilar do‘stlari va obunachilari bilan o‘zining «Baxtliman», «Sovg‘a olishni istayman», «Zerikyapman», «Bayram qilyapman» singari kayfiyatini o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»