O‘zbekistonda magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlari kengaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Xususan, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda “O‘zbektelekom” AK magistral telekommunikatsiya tarmog‘i o‘tkazuvchanligini viloyat markazlarigacha 100 Gbit/s dan 400 Gbit/s gacha, tuman markazlarigacha 10 Gbit/s dan 100 Gbit/s gacha oshirish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, mobil aloqa tarmog‘i kengaytiriladi. Bu borada amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bunda mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 1050 ta GSM baza stansiyalari o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmoqlari rivojlantiriladi - amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda: 620 000 portli ma’lumotlar uzatish qurilmalari o‘rnatiladi; loyihani amalga oshirish natijasida aholiga (Triple play) Internet, IP va video telefoniya, IPTV, VPN va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlari kengaytiriladi
Optik tolali aloqa liniyalari ham quriladi. Bu bo‘yicha ishlab chiqiladigan amaliy chora-tadbirlarda: 2 000 km optik tolali aloqa liniyalarini quriladi; loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi