20:02 / 21.02.2019
6 440

"Samsung"dan yangi formatdagi egiluvchan smartfon (video)

"Samsung"dan yangi formatdagi egiluvchan smartfon (video)
Samsung yilning asosiy yangiligi Galaxy S10dan tashqari yana bir qurilma, mutlaqo yangi — katta egiluvchan displeyga ega bo‘lgan smartfon-planshet tarzidagi gibrid qurilmani taqdim etdi.

Samsung Galaxy Fold ixcham qurilmalarning yangi avlodini boshlab bermoqda. Qurilma ham smartfon, ham planshetni o‘zida mujassam etgan. Ochiq holatda u 7 dyuymli planshetga, yig‘ilgan holatda smartfonga aylanadi. Uning katta ekrani internetda film tomosha qilish bilan birga, bir vaqtning o‘zida bir necha ilovalarda ishlash imkonini beradi.

Galaxy Fold uchun maxsus ikki buklanuvchi Infinity Flex displeyi ishlab chiqilgan. Bukilgan joyda hech qanday chiziq yoki alohida ayrilib turuvchi narsani ko‘rmaysiz. Qurilma shu darajada ehtiyotkor bukilagani bois ekran muntazam ochib yopish jarayonida hech bir talofat olmaydi. Kompaniya bu qurilmaning nihoyatda mustahkamligiga kafolat bermoqda.

Quyidagi havola orqali mazkur smartfon-planshetning afzalliklari aks etgan videolavhani ko‘rishingiz mumkin: VIDEO

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Samsung"dan yangi formatdagi egiluvchan smartfon (video)