22:33 / 21.06.2019
3 964

Kvant kompyuter xotirasi yaratildi. Bu nima beradi?

Kvant kompyuter xotirasi yaratildi. Bu nima beradi?
Britaniyaning Lankaster universiteti olimlari o‘ta kam energiya sarflovchi kvant kompyuter xotirasini yaratishdi. Bu haqda universitet saytiga asoslanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Olimlar ixtironi patentlashga ham ulgurishdi. Bu texnologiya zamonaviy kompyuterlarni butkul o‘zgartirib yuborishi, hozir ishlatilayotgan dinamik xotirali DRAM qurilmalari va fleshkalar o‘tmishga aylanishi aytilmoqda. Bu ixtiro axborotni yozish va o‘qish tezligini oshirib yuborarkan. Qolaversa, foydalanuvchining ma’lumotlari unda ishonchliroq saqlanadi, deyilmoqda.

Yangi qurilmaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda axborotlarni saqlash davomiyligi hatto Koinotning yoshidan ham katta bo‘lishi ma’lum qilingan.

Solishtirish uchun: yangi texnologiya ma’lumotlarni saqlash markazlarida energiya sarfini 20 foizgacha kamaytiradi, kompyuterga ma’lumotlarni saqlash yoki o‘chirishga esa hozirgi DRAM qurilmalarnikidan 100 barobar kam energiya ketadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kvant kompyuter xotirasi yaratildi. Bu nima beradi?