O‘zbekiston Qurolli kuchlari Rossiyaning ko‘p maqsadli "Tigr" zirhlangan avtomobillari partiyasini sotib oldi. Bu haqda "Armiya-2019" beshinchi xalqaro harbiy-texnik forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi vakilining so‘zlariga asoslanib TASSga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bir necha o‘nta" maxsus komplektatsiyadagi VPK-233136 "Tigr" zirhlangan mashinalari sotib olingan.
"Avtomobillar O‘zbekiston maxsus bo‘linmalarining talabi bo‘yicha takomillashtirildi. Xususan, zirhlangan korpus qo‘shimcha eshiklar bilan jihozlandi, barcha oynalarga himoya panjaralari qo‘yildi, tom qismiga esa infraqizil projektor va old va orqa lyuklar perimetri bo‘yicha merganni himoya qiluvchi yig‘ma zirh o‘rnatildi", – dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu "Tigr"lar 7,62 millimetr kalibrli PKM pulemyotlari bilan jihozlangan.
"Bu "Tigr"lar o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi. Mashina maxsus bo‘linma oldiga qo‘yilgan barcha topshiriqlarni bajara oladi va tom ma’noda ular uchun uy sifatida xizmat qilishi mumkin. Har qanday zirhlangan avtomobil ham bunga qodir emas", - deb ta’kidlagan manba. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi