Huawei Google ilovalari bo‘lmagan Mate 30 smartfonini taqdim qildi. Mobil telefonlar bozorida ikkinchi o‘rinni egallagan kompaniya AQSh hukumati taqiqlari natijasida Google xizmatlaridan foydalana olmaydi. Mate 30 va Mate 30 Pro telefonlarining taqdimoti Germaniyada bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Sof.uz xabar bermoqda.
Yangi smartfonlarda Google Play, Chrome hamda YouTube bo‘lmaydi. Ularning o‘rniga Huawei App Gallery internet do‘konini taqdim qildi. Bu ilova Xitoy bozorida allaqachon mavjud. Kompaniya o‘zining Huawei ekotizimi uchun dastur yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollar sarflamoqchi.
Yangi smartfonlar ham Google’ning Android tizimida ishlaydi. Avgust oyining boshida kompaniya o‘zining Harmony OS tizimini taqdim qilgandi.
Smartfonlarda odatdagi ovoz balandlatadigan tugmachalar yo‘qoldi. Ular endi virtualdir: qo‘ng‘iroq qilish uchun siz ekranning yon tomoniga ikki marta bosishingiz kerak.
Taqdim etilgan modellardan biri yangi avlod 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkala qurilmada ham diagonali taxminan 6,6 dyuym bo‘lgan ekran mavjud: bu o‘tgan haftada taqdim etilgan yangi Apple - iPhone 11 Pro Max ekranidan biroz kattaroq.
Yuzni aniqlash tizimi ham takomillashdi: agar gadjet egasidan tashqari kimdir ekranga qarasa, tizim xabarnomalar tarkibini yashiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi