00:05 / 06.03.2018
6 339

Miya o‘limining oldini olish usuli topildi

Miya o‘limining oldini olish usuli topildi
Berlindagi Sharite universiteti klinikasi nevrologlari inson miyasida o‘lish jarayonida yuz beradigan jarayonlarni o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, miyaning katta yarimsharlariga nazorat qilib bo‘lmas darajada tarqaladigan va neyronlar o‘limiga olib keluvchi nerv hujayralarining depolyarizatsiya to‘lqinini to‘xtatish mumkin, deb yozmoqda Daryo.

Ma’lum qilinishicha, hayvonlarda miyani kislorod bilan ta’minlash to‘xtatilganidan 20—40 soniya o‘tgach, miya energiya tejash rejimiga o‘tadi, neyronlar o‘rtasida esa aloqa to‘xtaydi. Bir necha daqiqdan so‘ng neyronlarning vazifasini bajarishi uchun zarur bo‘lgan membrana potensialini hosil qiluvchi ion gradiyentlari yo‘qolishni boshlaydi.

Natijada depolyarizatsiya yuz beradi va to‘lqin shaklida hujayra membranasi bo‘ylab tarqaladi. Odatda, bu jarayon elektr signalini o‘tkazish uchun xizmat qiladi, biroq bu holat zaharli moddalarning ajralishiga va neyronlar o‘limiga olib keladi.

Olimlar bemorlarda ana shu to‘lqinni o‘rganib chiqqan. Ularning xulosasiga ko‘ra, depolyarizatsiya to‘lqinini neyronlarga zarar yetkazmagan holda qaytarish mumkin. Bu holatda neyronlar o‘limini kislorod yetkazib berish qayta tiklanguniga yoki hujayralar doimiy depolyarizatsiyadan o‘lishni boshlagunga qadar to‘xtatib turishga muvaffaq bo‘linadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Miya o‘limining oldini olish usuli topildi