Angliyadagi Surrey universiteti olimlari uxlashga kech yotib, kech turishni ma’qul ko‘ruvchi insonlar («boyo‘g‘li»lar)da erta uyg‘onuvchi «to‘rg‘ay»larga qaraganda bemahal o‘lim xavfi yuqoriroq ekanligini aniqladi. Bu haqda MedicalXpress press-reliz xabariga tayanib Daryo xabar berdi.
Tadqiqotda yoshi 38 dan 73 gacha bo‘lgan 433 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Ular to‘rtta: ertalabki, o‘rtacha ertalabki, kechki va o‘rtacha kechki xronotiplarga ajratildi. Ko‘ngillilar ahvoli olti yarim yil davomida kuzatib borilgan.
«Boyqush»larda turli sabablar, jumladan, yurak-qon tomirlari xastaliklaridan bemahal vafot etish xavfi «to‘rg‘ay»larnikidan o‘n foizga yuqori ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, ular diabet, ruhiy va asab buzilishlaridan ko‘proq aziyat chekadi.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, inson xronotipi qaysidir darajada genetik belgilansa, bu «boyo‘g‘li»lar uchun kun tartibi, jumladan, ish kuni boshlanishini ko‘chirish zaruratini anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi