Foto: Fotolia
Moskva viloyatidagi Nazariy va tajribaviy biofizika instituti olimlari dengiz o‘tlari, losos va forel baliq turlaridan olinuvchi astaksantin moddasi infarkt xavfini kamaytirishini aniqlashdi.
Institut mutaxassislari astaksantin moddasining avval noma’lum bo‘lgan xususiyatini ochishdi. Bu modda odatda oziqaviy qo‘shimcha sifatida qo‘llanib, immun tizimini mustahkamlashda yordam beradi.
Institut ilmiy kotibi Tatyana Perevyazovaning aytishicha, astaksantin moddasi yurakka kimyoviy tajovuzkor molekulalarning ta’sirini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bu esa yurak kasalligi rivojlanishi oldini oladi va infarktni boshdan kechirgan odamlarning sog‘ayishida yordam beradi. Bu haqda “Podmoskove segodnya” nashri yozdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, astaksantinning kalamushlarda sinalishi ijobiy natija bergan va kelgusida ushbu modda negizida dori vositalari ishlab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi