Rossiyada ilk halol sayyohlik yo‘nalishi Boshqirdistonda tashkil etiladi. Bu haqda respublika Tadbirkorlik va sayyohlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Roman Shayxutdinov ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.
12 kunlik tur respublikaning Ufa, Chishmin, Davlekan, Burzyan va Uchali tumanlaridagi islom va pravoslav madaniyati ob’ektlariga tashrif buyurishni o‘z ichiga oladi. «Islom diniga e’tiqod qiluvchi sayyoh uchun bu yo‘nalish juda qulay bo‘ladi. Ular uchun yo‘nalishda barcha sharoitlar yaratilgan», — deb ta’kidlaydi Shayxutdinov.
U sayyohlik yo‘nalishining 30 foizi musulmonlarga, yana 30 foizi pravoslavlarga bag‘ishlanganligi, dasturning qolgan qismidan tabiatda hordiq chiqarish joy olganligini ta’kidladi.
Boshqirdiston Davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda, loyiha Yaqin sharqlik sayyohlar uchun mo‘ljallangan. Uning fikricha, bu yo‘nalishga talab etarlicha yuqori bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi