8 701
Fransiyalik bashoratchi qizaloq Kayeda Uber 2018 yili yer yuziga «Qora ajal» xavf solishini bashorat qildi…
Qizaloq o‘z bashoratida aytgandiki, Yer yuzi aholisi shu qadar ko‘p gunohga, gunoh bo‘lganda ham kechirilmas, Ollohning g‘azabini keltiruvchi gunohlarga yo‘l qo‘ygan. Demak, buning jazosi ham ehtimoldan xoli emas. 2018 yili yer yuziga «Qora ajal» yopirilishi mumkin. Bu ommaviy o‘latdir…
Haqiqatan, qizaloq aytganidek, o‘lat dunyoga xavf sola boshlaganini Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari rasman ma’lum qilishdi. U Madagaskarning ko‘plab hududlarida tarqalgan. Bu hududlarda shu kunga qadar 50 nafar odam xuddi o‘sha «Qora ajal» o‘lati tufayli halok bo‘lgan. Shunchadan ziyod odam xastalikni yuqtirib, davolanishga muhtoj holatda turibdi.
O‘latning yana bir xavfli jihati shundaki, u havo orqali yuqadi. Mana shu narsa tibbiyotchilarga profilaktika masalasida jiddiy to‘siq vazifasini o‘tamoqda. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutasaddilarining gapiga ko‘ra, bu boshlanishi ekan. «Qora ajal» asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, Yevropa va Amerika qit’asini egallashi ehtimoldan xoli emas.
— Xuddi shu o‘lat, — dedi tashkilot vakillaridan biri. — 14- asr boshlarida yer yuzini qoplab olib, 50 million kishini hayotdan olib ketgan. Shuni hisobga olib kasallikka qarshi shafqatsiz kurash olib borish talab etiladi…
Tashkilot hozirning o‘zida Madagaskarga 15 million dollar miqdorida mablag‘ ajratgan. Bu ham xastalikning qanchalar xavfli ekanini isbotlab turibdi. Chunki Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hech qachon xastalikni bartaraf etish uchun bu darajadagi katta miqdorda mablag‘ ajratmagan ekan.
Mana, endi dunyodagi ekspertlar fikrlariga quloq tutsak. Ularning gapiga qaraganda, suv toshqinlari, to‘fon, bo‘ron, sel, loy va qum ko‘chkisi, zilzila kabilarni haqiqatan Ollohning g‘azabiga yo‘ysa bo‘ladi. Lekin xastalik masalasida odamlarni aldash kerak emas.
Negaki, dunyoning Amerika, Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va hokazo kabi rivojlangan, gegemon davlatlari hayot uchun xavfli xastaliklar virusini tarqatish evaziga ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan daromadlarni qo‘lga kiritishadi. Oldin virus tarqatishadi-da, ketidan bu xastalikka qarshi dori vositalarini tarqatishadi. Shunday ekan, ular dunyo ahlini bu taxlit aldovlarga kamroq jalb etishsa, virus tarqatishni bas qilishsa, Yaratganga xush kelgan bo‘lardi. Ammo fransiyalik qizaloqning bashoratlarida rostdan ham jon bor. Bu xudoning g‘azabimi yo yuqorida nomlari zikr etilgan davlatlarning hiylasimi, baribir qizaloq to‘g‘ri bashorat qila olgan.
Demak, Yaratganning o‘zi bu qizga shunday inoyatni hadya etgan. Aks holda u dunyo miqyosida mashhurlikni qo‘lga kirita olmagan bo‘lardi. Barchasiga ko‘z yuma olmaymiz. Ishonamiz, umid qilamiz, afsuslar chekamiz, hayratlanamiz, shubhalanamiz. Biroq qalban faqat Ollohga yolvoramiz, biz bandalarni shunday ofatlardan mosuvo etishini so‘raymiz, so‘rayveramiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda