6 459
Nazarboyev qozog‘istonliklar uchun AQShga vizasiz kirish yo‘lga qo‘yilishiga umid bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda AQSh fuqarolari uchun Qozog‘istonga vizasiz kirish e’lon qilinganiga “javob chorasi” kutib qolishini aytdi.
“Qozog‘iston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib e’lon qildi. Biz javob chorasi bo‘lishini kutib qolamiz. Shuningdek, davlatlarimiz orasida ilk bor aviaaloqa ochilmoqda”, deb aytdi Nazarboyev Tramp bilan uchrashuvda.
Nazarboyev amerikalik hamkasbini iqtisodiy yutuqlarga erishgani bilan tabrikladi.
Nursulton Nazarboyev AQShga 16 yanvarda tashrif bilan keldi va u yerda 18 yanvargacha qoladi. Nazarboyev Tramp bilan uchrashuvdan tashqari, BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi va AQShning rasmiy hamda ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashadi.
Qozog‘iston 1 yanvardan BMT Xavfsizlik kengashida raislik qilishga kirishdi. Qozog‘iston ilk bor Xavfsizlik kengashi a’zosi bo‘ldi va ilk bor unda raislik qilmoqda. Shu munosabat bilan Nazarboyev 18 yanvarda Xavfsizlik kengashida ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilmasligi mavzusiga bag‘ishlangan brifingda nutq so‘zlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi