Jon Bartlem tomonidan yasalgan choynak. Foto: Independent
Britaniyalik kolleksioner 20 dollarga sotib olgan chinni choynakni auksionda 800 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, britaniyalik bandi singan va qopqog‘i yo‘q choynakni 2016 yilda auksionda sotib olgan. Taxminlarga ko‘ra, u 1766 va 1800 yillar oralig‘ida Midlseks grafligida tayyorlangan bo‘lgan.
Biroq kolleksionerda choynakning kelib chiqishi borasida shubha tug‘ilgan. U choynakni Woolley and Wallis firmasining auksionchi-ekspertiga ko‘rsatgan. Mutaxassis choynak Angliyaga Kaliforniyadan 1763 yilda kelgan kulol Jon Bartlem tomonidan yasalganini aniqlagan.
Bartlem yasagan buyumlar juda noyob hisoblanib, avval u tomondan yaratilgan bor-yo‘g‘i 6 buyum ma’lum bo‘lgan. Britaniyalik sotib olgan choynak esa o‘sha buyumlardan eng birinchi yasalgani bo‘lgan.
Shundan keyin choynak yana auksionga qo‘yilgan va u uchun 70 ming dollar qo‘lga kiritish mo‘ljallangan. Biroq choynakni sotib olingan narxidan 40 ming marta qimmatroqqa – 800 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘lingan. Qadimiy choynak Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyiga yetkazilib, u yerda tomoshaga qo‘yiladi.
2017 yil oktyabrida esa 900 yil avval, Sun sulolasi davrida yasalgan, kaftni yuvish uchun mo‘ljallangan chinni likopcha Hongkongdagi Sotheby's auksionida rekord qiymatdagi narx – 37,7 mln dollarga sotilgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi