06:30 / 21.06.2018
6 286

Putinning sobiq xotini ajralishdan keyin qanday pul ishlab, uni qanday sarflamoqda?

Putinning sobiq xotini ajralishdan keyin qanday pul ishlab, uni qanday sarflamoqda?
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putina u bilan ajralganidan so‘ng faol ravishda pul ishlamoqda va sarflamoqda. Hamda sobiq turmush o‘rtog‘ining do‘stlaridan elita ko‘chmas mulklarni sotib olmoqda. Bu haqda Korrupsiyani tekshirish markazining yangi tadqiqotida aytiladi, deb yozadi Daryo.

Lyudmila Putina besh yil avval Rossiya prezidenti bilan ajralishigacha yiliga juda kam daromad olgan. Ammo so‘nggi vaqtlarda u va uning yaqinlari Podmoskoveda va chet elda yer sotib olishni boshlagan. Lyudmila Ocheretnaya (yangi turmush o‘rtog‘ining familiyasini olgan) bir vaqtlar Moskva viloyatining Odinsovskiy tumanida kanallardan biri bo‘ylab joylashgan sakkizta yer maydonini sotib olgan, ularning narxi o‘rtacha 400 million rublga teng.

Prezidentning sobiq rafiqasi «Meridian» kompaniyasiga egalik qiladi, uning sof foydasi o‘n millionlab rubl bilan o‘lchanadi. Ammo bu pullar Ocheretnayaga elita yer maydonlarini sotib olishga yetmagan bo‘lardi, deyiladi xabarda. Ular Putinning eski do‘sti Vasiliy Shestakovning rafiqasi Tatyana Shestakovadan sotib olingan.

Bir yil avval Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tekshirish markazi Atlantika okeani qirg‘og‘ida Lyudmila Putinaning yangi eri biznesmen Artur Ocheretniy tomonidan sotib olingan villa haqida xabar topdi. Shuningdek, OAVlarda unga Fransiyaning Biarrits shahridagi 6 million yevrolik villa ham tegishliligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning sobiq xotini ajralishdan keyin qanday pul ishlab, uni qanday sarflamoqda?