AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv iyul oyida bo‘lib o‘tish ehtimolini aytdi. Bu haqda Tnews.uz ma’lum qildi.
Agentlikning tahmin qilishicha, prezidentlar NATOning Bryusselda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammitidan avval uchrashadilar. Sammit 11 va 12 iyul kunlari o‘tkaziladi. Uchrashuvning ikkinchi varianti ehtimoliga ko‘ra – prezidentlar Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifidan so‘ng uchrashishlari mumkin. Tashrif 13 iyulga belgilangan.
Payshanba kuni Oq uy AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalasi bo‘yicha maslahatchisining Moskvaga tashrifini rasman tasdiqladi. Moskvada Jon Bolton Tramp va Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv bilan bog‘liq masalani muhokama qiladi. AQSh milliy xavfsizlik Kengashining rasmiy vakili Garret Markisning ta’kidlashicha, kelasi haftada Bolton xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun London va Rimga, shundan so‘ng esa Moskvaga yo‘l oladi.
Bundan avval OAV Rossiya va Qo‘shma Shtatlar yetakchilari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidan so‘ng uchrashishlari mumkinligi xaqida xabar tarqatgan edi. Buyuk Britaniya Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv Shimoliy Atlantika Ittifoqi sammitidan avval bo‘lishidan tashvish bildirdi, Londonning fikricha, bu alyansning birdamligiga rahna solishi mumkin ekan. Boshqa manbalar prezidentlarning uchrashuvi Venada bo‘lib o‘tishi ehtimoli haqida gapirishmoqda.
19 iyun kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSh yetakchilarining ehtimoliy muzokoralari haqida gapirar ekan, NATO sammitiga qadar Putin va Trampning uchrashuvini inkor qilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi