Go‘zallik qurbonlik talab qiladi, deyiladi. Buni Uelsning Reksem shaharchasida yashovchi Salli Roberts o‘z tanasida sinab ko‘rdi. U o‘zining lablarini shishirish uchun jarrohlik amaliyotini bajartirganidan keyin, uning labi shunchalik shishib ketdiki, u hatto ovqat ham yeb-icholmay qoldi, deb xabar beradi Qalampir nashri.
Jarrohlik amaliyotining keyingi kuni, Robertsning tashqi ko‘rinishini yanada chiroyli qilishi kerak bo‘lgan lablari shishib, yorilib ketgan. Zamonaviy moda talabgori labining yorilgan joylaridan, shifokor tomonidan kiritilgan suyuqlik sizib chiqa boshlagan.
Robertsda labiga kiritilgan ximiyaviy suyuqlikka nisbatan kuchli allergiya boshlangan. Uelslik ayol to‘g‘ri ma’noda tilini yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Shifokorlar zudli bilan og‘riqni qoldiruvchi, shamollashning oldini oluvchi va organizmda jarayonlarni sekinlashtiruvchi dorilarni yozib berishga majbur bo‘lgan. Aks holda Robertsda anafilaktik (shok) karaxtlik boshlanishi mumkin edi.
Roberts omadli ekan, shifokorlar o‘z vaqtida yordam qo‘lini cho‘zishdi va jarrohlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jiddiy ko‘ngilsizlikning oldi olindi. Endi, Roberts barchaga plastik jarrohligini o‘tkazishdan oldin kerakli laboratoriya tahlillarni o‘tkazishni tavsiya qilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi