12 348
Qizil rangli mahsulotlarni iste’mol qilish organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkinmi?
Allergik xastaliklarda qizil rangli mahsulotlarni iste’mol qilish salbiy holatlarga sabab bo‘lishini eshitganmiz. Bu qanday o‘ziga xosliklar bilan bog‘liq? Shu haqda Respublika ilmiy ixtisoslashgan allergologiya markazi oliy toifali shifokori Jamshidbek NAZAROV ma’lumot beradi.
— Olimlarning olib borgan izlanishlari natijasiga ko‘ra, qizil rangli meva va sabzavotlarda likapin va antotsianin moddalari mavjud. Shuningdek, ular kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi (gistominoliberator)lar saqlashi tufayli allergik xastaliklarda tavsiya etilmaydi. Qizil meva va sabzavotlar o‘zidan sun’iy rang chiqarish xususiyatiga ega. Bunday mahsulotlar qatoriga pomidor, sitrus mevalar, qulupnay, malina, olcha, smorodina hamda ulardan tayyorlangan sharbat va murabbolarni kiritish mumkin. Allergiyaga moyilligi bor kishilar kasallik bezovta qilganda va bahor oylarida bularni iste’mol qilmasligi tavsiya etiladi. Lekin olxo‘ri mevasi va sharbati bundan mustasno. Shuningdek, qizil olmaning po‘stini archib iste’mol qilsa bo‘ladi.
Allergiyaning mavsumiy yoki doimiyligiga qarab, qatiy parhezda bo‘lgan bemorlar xuruj vaqti o‘tgandan so‘ng asta-sekinlik bilan oz-ozdan qizil mahsulotlarni kam miqdorda iste’mol qilishi mumkin.
«Oila davrasida» gazetasidan olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi