date

Varshava metrosida zamonaviy kutubxona faoliyatini boshladi

Varshava metrosida zamonaviy kutubxona faoliyatini boshladi

Polsha poytaxti Varshava shahrida madaniyat va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yana bir noyob loyiha amalga oshirildi — metro bekatida zamonaviy kutubxona ochildi.

“Metroteka” deb nomlangan mazkur madaniy maskan Targuvek tumanidagi M2 yo‘nalishida joylashgan Konratovicha bekatida faoliyat boshladi. Loyihaning asosiy maqsadi — shahar aholisi va metro yo‘lovchilarini smartfonlardan uzoqlashtirib, kitob o‘qishga qiziqtirish, ularga dam olish va madaniy muhitda bo‘lish imkonini yaratishdan iborat.

Kutubxona ikki bo‘limdan iborat — kattalar va bolalar uchun alohida kitobxonlik maydonlari tashkil etilgan. Shuningdek, ommaviy o‘qish va madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun alohida maskan ajratilgan. Umumiy maydoni 150 kvadrat metr bo‘lgan Metroteka kutubxonasida taxminan 16 000 ta kitob mavjud.

Barcha kitoblar maxsus kontaktsiz chiplar orqali “ekspress” usulda taqdim etiladi. Kitoblarni o‘qib bo‘lgandan so‘ng, ularni yo qayta o‘sha joyiga, yoki 24 soat faol bo‘ladigan maxsus qabul qutisiga topshirish mumkin.

Metroteka tashrif buyuruvchilariga nafaqat kitob o‘qish, balki noutbukni vaqtincha olish, internetdan foydalanish, shovqindan uzoq tinch muhitda ishlash, hatto bepul qahva va issiq shokolad bilan dam olish imkoniyati ham yaratilgan.

Loyiha ish boshlagan ilk kunning o‘zida 400 dan ziyod kitob tarqatildi. Ular orasida maktab adabiyotlari, sayohat uchun gidlar, ilmiy va amaliy qo‘llanmalar ham mavjud bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Varshava metrosida zamonaviy kutubxona faoliyatini boshladi