date

Kanelo va Krouford jangi bilet sotuvida tarixiy uchinchi o‘rinni oldi

Kanelo va Krouford jangi bilet sotuvida tarixiy uchinchi o‘rinni oldi

UFC prezidenti Dana Uaytning ta’kidlashicha, amerikalik Terens Krouford va meksikalik Saul "Kanelo" Alvares o‘rtasidagi chempionlik to‘qnashuviga bo‘lgan qiziqish misli ko‘rilmagan darajada katta bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 14-sentyabr kuni Las-Vegasda o‘tkaziladigan ushbu super-jang uchun biletlar savdosi boks tarixi an’analarida uchinchi natijani qayd etdi.

“Bu to‘qnashuv boks tarixida sotilgan chiptalardan tushgan mablag‘ bo‘yicha uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqiqatdan ham ajoyib va ishonmaslik darajasida ko‘rinish oladigan holat”, — dedi Uayt “KSNV News 3 Las Vegas” telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, absolyut rekord Floyd Meyvezer va Menni Pakyao jangiga tegishli. 2015-yilda o‘tgan bu mashhur to‘qnashuvdan 72,2 million dollarlik daromad olingan. Ikkinchi o‘rin esa Floyd Meyvezer va Konor Makgregor jangiga tegishli bo‘lib, u 55,4 million dollar tushum bilan tarixga kirgan.

Shu tariqa, Kanelo – Krouford jangi hali boshlanmasidanyoq boks olamida tarixiy voqea sifatida qayd etildi. Mutaxassislar va muxlislar esa 14-sentyabr kuni Las-Vegasdagi ringda yoziladigan yangi sahifani orziqib kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanelo va Krouford jangi bilet sotuvida tarixiy uchinchi o‘rinni oldi