Fransiyalik velosipedchi Rossiyada chegara buzgani uchun hibsga olindi

1 daqiqa o'qish2.4K
Fransiyalik velosipedchi Rossiyada chegara buzgani uchun hibsga olindi

Rossiyada noodatiy holat ro‘y berdi: fransuzlik sayyoh va velosipedchi Sofian Sexili noqonuniy chegara buzishda ayblanib, Vladivostok shahrida hibsga olindi. Bu haqida Fransiyadagi nufuzli “Le Monde” nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchi Yevroosiyo bo‘ylab velosipedda safar qilib, jahon rekordini yangilash niyatida yo‘lga chiqqan. Uning yo‘li Portugaliya poytaxti Lissabondan boshlangan va manzili Vladivostok sifatida belgilangan edi. Biroq sayohat rejasi kutilmagan to‘siqqa duch keldi: 2 sentyabr kuni Xitoy–Rossiya chegarasida bojxonachilar uni to‘xtatib, qonun buzilishida aybladi.

Nashr xabar berishicha, Sexili Rossiya hududiga kirishga bir emas, ikki marta uringan. U har safar turli nuqtalardan o‘tishga harakat qilgan bo‘lib, ularning har biri chegaradan taxminan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ammo har ikki urinish ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Sofian Sexili 1981 yilda tug‘ilgan. U dastlab hujjatli filmlar olish bilan shug‘ullangan, biroq keyinchalik rejissyorlik faoliyatini to‘xtatib, sport yo‘lini tanlagan. 44 yoshida u velosiped sportchi sifatida katta safarlarga chiqib, o‘zini sinovdan o‘tkaza boshladi. Shundan beri taxminan 20 ta yirik musobaqada qatnashib, ularning 11 tasida g‘alaba qozongan.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Sexilining ushbu sayohati nafaqat shaxsiy rekordga intilish, balki Yevroosiyodagi sport turizmini targ‘ib qilishga ham qaratilgan. Biroq Rossiyada yuz bergan hodisa uning rejalariga jiddiy to‘siq bo‘ldi.

Hozirda fransuz sportchisiga nisbatan rasmiy surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Uning taqdiri va keyingi sayohati qanday yakun topishi esa hozircha noaniq bo‘lib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?