Hindistonda chaqaloq qornidan ikki homila olib tashlandi

1 daqiqa o'qish3.8K
Hindistonda chaqaloq qornidan ikki homila olib tashlandi

Hindistonda tibbiyot sohasi tarixida noodatiy va o‘ta murakkab jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi. Xaryana shtati, Gurgaon shahridagi shifoxonada bir oylik chaqaloqqa operatsiya o‘tkazilib, uning qornidan ikki rivojlanmagan homila muvaffaqiyatli olib tashlandi, deb xabar berdi The Times of India.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat tibbiyotda “homila ichida homila” deb yuritiladi va juda kam — har 500 mingta holatdan birida uchraydi. Odatda bunday anomaliya homiladorlikning ilk haftalarida ro‘y beradi: ikki egizakdan biri to‘liq rivojlanmay qoladi va ikkinchi homila ichiga joylashib qoladi.

Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqning onasi uch egizakni tug‘ishi kutilgan, ammo homiladorlik davomida ulardan biri qolgan ikkitasini “o‘ziga singdirib yuborgan”. Qizaloq tug‘ilgandan 20 kun o‘tgach, qorni shishib, ovqatlanishni to‘xtatgani sababli shifoxonaga olib kelingan. Tekshiruvda uning oshqozonini siqib turgan o‘sma shaklidagi tuzilmalar aniqlandi. Jarrohlik paytida esa ular rivojlanmagan embrionlar ekani ma’lum bo‘ldi.

Operatsiyada 15 nafar tajribali shifokor ishtirok etdi. Ikki soat davom etgan murakkab jarrohlikda qizaloqning ichki organlariga shikast yetkazmaslik uchun o‘ta ehtiyotkorlik bilan ish olib borildi.

“Bu haqiqatan ham juda noyob holat bo‘ldi. Biz bitta emas, balki ikki embrionni atigi bir oylik chaqaloq ichida topdik. Eng qiyini esa shunday mitti organizmda operatsiyani aniqlik bilan amalga oshirish edi”, — dedi shifokorlardan biri.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, jarrohlikdan keyin chaqaloq tezda o‘zini yaxshi his qila boshlagan va hozirgi paytda sog‘ligi barqaror.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?