Lego tarixidagi eng yirik va qimmat to‘plam taqdim etildi

1 daqiqa o'qish4.2K
Lego tarixidagi eng yirik va qimmat to‘plam taqdim etildi

Lego kompaniyasi yana bir bor tarixga kirdi, deb Meduza nashri xabar berdi. Unga ko‘ra, mashhur daniyalik kompaniya Star Wars ("Yulduzli urushlar") modeli asosida ishlab chiqilgan eng yirik va qimmat konstruktor to‘plamlaridan birini rasman e’lon qildi.

Yangi to‘plam "O‘lim yulduzi" (Death Star) nomi bilan tanish bo‘lib, uning narxi 999,99 dollar yoki taxminan 12,5 million so‘m qilib belgilangan. Bu LEGO tarixidagi eng qimmat to‘plamlardan biri sifatida qayd etildi.

Mazkur to‘plam 9000 dan ortiq detallardan tashkil topgan bo‘lib, 70 sm balandlikka va 80 sm kenglikka ega bo‘ladi. Komplektda 38 ta personaj figurasi ham mavjud bo‘lib, ular orasida Lyuk Skayuoker, Xan Solo, Malika Leya va Imperator Palpatin kabi mashhur qahramonlar bor.

Konstruktor to‘liq bir necha sektorlarga bo‘lingan bo‘lib, ularda "Yulduzli urushlar" filmidagi sevimli va mashhur sahnalarni qayta yaratish mumkin. Ular qatorida malika Leining qamoqxonasi, Palpatin taxt zali, hamda angar boshqaruv markazi kabi joylar joy olgan.

Bu to‘plam nafaqat bolalar, balki Star Wars franshizasining har bir yoshidagi muxlislari uchun mo‘ljallangan. Ushbu kollektorlik mahsuloti katta qiziqish uyg‘otmoqda va taqdimotdan avvalyoq ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Lego tarixidagi eng yirik va qimmat to‘plam taqdim etildi

Rasmiy savdolar 2025 yil 4 oktyabrda boshlanadi. LEGO kompaniyasi mahsulotga katta talab bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim fanatlar allaqachon to‘plamni oldindan buyurtma qilishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugacha eng qimmat LEGO to‘plami ham "Yulduzli urushlar"ga bag‘ishlangan "Millenium Falkon" modeli bo‘lgan. U 2017 yilda chiqarilgan va 7400 ta detalni o‘z ichiga olgan. Hozirgi kunda uning narxi taxminan 850 dollar yoki 10,6 million so‘m atrofida.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?