date

Portugaliya Vengriya ustidan so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozondi

Portugaliya Vengriya ustidan so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozondi

Portugaliya Jahon chempionati saralashining 6-turida Vengriyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 2025-yil 9-sentyabr kuni Budapeshtdagi Pushkash Arenada 68 976 tomoshabin ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Portugaliya terma jamoasini 36-daqiqada Bernardu Silva ochdi. 58-daqiqada Krishtianu Ronaldu ikkinchi golni urgan bo‘lsa, 86-daqiqada Joau Kanselu g‘alaba to‘pini kiritdi.
Vengriya terma jamoasining ikkita goliga Barnabash Varga 21 va 84-daqiqalarda mualliflik qildi. O‘yinning bosh hakami E.Lamberts bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliya Vengriya ustidan so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozondi