date

O‘zbekiston U-17 Marokashga qarshi golli bahsda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-17 Marokashga qarshi golli bahsda mag‘lub bo‘ldi

Ispaniya shahri Xerezda o‘tkazilayotgan xalqaro o‘rtoqlik musobaqasi doirasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Marokash yoshlariga qarshi maydonga tushdi. Qizg‘in va dramatik kechgan to‘qnashuvda vakillarimiz 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bellashuv davomida yurtimiz yoshlari bir necha marotaba tashabbusni qo‘lga olgan bo‘lsa-da, raqib jamoa o‘yin oxiriga qadar ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston safida gollarga Sayfiddin Sodiqov, Mo‘minxon Bahodirxonov va Germaniya klubi “Rot Veiss Ayntraxt” tarkibida to‘p suradigan Xayrullo Ergashev mualliflik qildi.

Umuman olganda, yosh futbolchilarimiz o‘yin davomida ko‘plab harakatlarni namoyish etib, raqib himoyasiga jiddiy bosim o‘tkazishdi. Biroq muvaffaqiyatli zarbalarga qaramay, Marokash termasi o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston U-17 tarkibi quyidagicha shakllandi: Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Muhammad Xabibullayev, Sayfiddin Sodiqov, Muhammadali Musaxonov, Abubakr Shukurullayev, Azizbek Erimbetov, Aslbek Aliyev va Hojiakbar Yusufboyev.

Shu tariqa, yosh terma jamoamiz Ispaniyadagi yig‘in doirasida qimmatli tajriba orttirishni davom ettirmoqda. Bunday bellashuvlar kelgusida jahon chempionati bahslarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-17 Marokashga qarshi golli bahsda mag‘lub bo‘ldi