date

Tesla birinchi marta Mercedes'dan ko‘proq mashina sotdi

Tesla birinchi marta Mercedes'dan ko‘proq mashina sotdi
Tesla o‘z tarixida ilk bor Mercedes kompaniyasini savdo hajmi bo‘yicha ortda qoldirdi.

2025 yilning uchinchi choragida Tesla 497 099 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, Mercedes 441,5 mingta avto sotgan. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra, Tesla'ning sotuvlari 12,6 foizga ko‘proq bo‘lgan.

Uchinchi chorakda Mercedes'ning savdolari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga kamaygan. Tesla esa aksincha, o‘z savdosini 7,4 foizga oshirgan. Qayd etish joiz, Mercedes birinchi avtomobilini 1901 yilda, Tesla esa 2004 yilda ishlab chiqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla birinchi marta Mercedes'dan ko‘proq mashina sotdi