2025-yil 1-oktyabrdan boshlab, O‘zbekistonda "chiroyli" avtoraqamlarni sotib olish xizmati faoliyatga kiritildi. Hozirda mazkur xizmatdan foydalanish uchun Safe Road YHXX ilovasi orqali murojaat qilish mumkin.
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, mamlakatda avtoraqamlarni auksion orqali sotish amalga oshirilmaydi. Avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan 1-3-kategoriyadagi raqamlar faqat jismoniy shaxslar uchun BHMning 17 baravari miqdorida (7 million so‘m) sotilmoqda. Yuridik shaxslar uchun esa mazkur raqamlar BHMning 25 baravari miqdorida (10,3 million so‘m) qiymatlanmoqda.
Bu jarayonda auksionga chiqarilgan va sotilmagan raqamlar yangi bazaga kiritilgan bo‘lib, 2026-yil 1-yanvardan boshlab har bir inson istalgan harf va raqam kombinatsiyasini tanlab, 7 million so‘mga "chiroyli" raqam sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Ushbu tadbir mamlakatda raqamlarning narxini belgilash va ularni xarid qilishda yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qadamdir. Shu bilan birga, bu qaror raqamlar bozorining ochiq va teng raqobat asosida ishlashini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!