Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmay skuter boshqarayotgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy jazo rasmiylashtirish jarayonini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, 1-oktyabrdan boshlab foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlar faqat davlat raqam belgisi va “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi bilan boshqarilishi shartligi rasman e’lon qilingan edi.
Shu kunlarda mazkur talablarga e’tibor qaratmay, “A” toifadagi guvohnoma va davlat raqamisiz moped yoki skuter boshqargan haydovchilarning transport vositalari jarima maydonchasiga olib ketilmoqda va tegishli choralar qo‘llanmoqda.
YHXX xodimlari bu choralarni aholiga eslatib, qonun ustuvorligi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun amalga oshirilayotganini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!