date

2025-yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari

2025-yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari

Ishonchlilik hali-ham ko‘pchilik haydovchilar uchun mashina tanlashda №1 mezon. Ammo har bir yangi model ham yuz minglab km masofani katta ta’mirsiz bosib o‘ta olmaydi. Shuni inobatga olgan WhatCar portali 32 mingdan ortiq avtomobil haydovchilari so‘rovi asosida (so‘nggi 24 oyda yuz bergan nosozliklar hisobga olingan) 2025-yilning segmentlar kesimida eng ishonchli va eng ishonchsiz avtomobillarini e’lon qildi. Qisqa, lekin qadri baland reyting quyida.

Eng ishonchlilar (2025)

- Ixcham avtomobil: Hyundai i10

- Oilaviy avtomobil: Kia Ceed

- Biznes-klass: Alfa Romeo Giulia

- Ixcham krossover: Kia EV3

- Oilaviy krossover (benzin): Vauxhall/Opel Grandland

- Premium segment: Lexus RX

- Yetti o‘rindiqli: Hyundai Santa Fe

- Elektromobil: BMW i3

- Elektrokrossover: Kia EV3

- Sportkar: Toyota GR Yaris

Eng ishonchsizlar (2025)

- Ixcham avtomobil: Renault Zoe

- Oilaviy avtomobil: Hyundai Ioniq Electric

- Biznes-klass: Mercedes-Benz C-Class

- Ixcham krossover (benzin): Nissan Juke

- Oilaviy krossover: Volkswagen Tiguan

- Premium segment: Audi Q7

- Yetti o‘rindiqli: Audi Q7

- Elektromobil: Hyundai Ioniq Electric

- Elektrokrossover: Volkswagen ID.4

- Sport avtomobili: Porsche Taycan

Nima diqqatga sazovor?


  • Kia EV3 ikki yo‘nalishda birden yetakchi: ham ixcham krossover, ham elektrokrossover sifatida.



  • Audi Q7 esa bir vaqtning o‘zida premium va yetti o‘rindiqli toifalarda ishonchsizlar ro‘yxatida zikr etildi.



  • Elektr segmentida natijalar aralash: BMW i3 ishonchlilar qatorida bo‘lsa, Hyundai Ioniq Electric ikki toifada ham autsayder.



  • Oilaviy va katta oila uchun yechim qidirayotganlar uchun Hyundai Santa Fe – yilning eng ishonchli yetti o‘rindiqlisi.



  • Premiumda an’anaviy barqarorlik: Lexus RX yana ishonchlilik etaloni sifatida qayd etildi.


Xulosa: sotib olish oldidan aynan o‘zingiz tanlagan modelning xizmat tarixi, kafolat shartlari va real egalari tajribasini tekshirib ko‘ring— bir segment ichida ham ishonchlilik keskin farq qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2025-yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari