Myunxen xalqaro aeroportida noma’lum dronlar paydo bo‘lgani uchun parvozlar vaqtincha to‘xtatildi. 17 ta reys bekor qilindi, 15 ta samolyot esa boshqa shaharlarga yo‘naltirildi. Qariyb 3 ming yo‘lovchi bundan zarar ko‘rdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, dronlar kechqurun ikki marta ko‘ringan. Ularning qayerdan uchirilgani hozircha noma’lum.
Yaqinda Yevropaning boshqa aeroportlarida ham shunday holatlar qayd etilgan. Kopengagen va Oslo aeroportlari ham dronlar sababli vaqtincha yopilgan edi.
Myunxen aeroportida qolib ketgan yo‘lovchilar uchun yotoq joylari va yengil taomlar taqdim etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar