Amerikalik ayol ChatGPT va Perplexity yordamida sudda g‘alaba qozondi

1 daqiqa o'qish190
Amerikalik ayol ChatGPT va Perplexity yordamida sudda g‘alaba qozondi

AQShlik ayol Linn Uayt sudda o‘zini mustaqil himoya qilib, ChatGPT va Perplexity yordamida ishni yutdi, deb yozmoqda NBC News nashri.

Linn Los-Anjelesda treyler-parkdagi uyini ijaraga olib yashagan, ammo to‘lovni kechiktirib yuborgan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, ijara to‘lovini 12 oygacha kechiktirish mumkin edi, biroq uni himoya qilgan advokat ishni yutqazgan.

Shundan so‘ng, Linn apellyatsiya berishga qaror qilib, ChatGPT’dan yordam so‘radi. U barcha sud hujjatlarini chat-botga yuklab, ishda protsessual xatolarni topishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin Perplexity Pro orqali kerakli qonunlarni o‘rganib chiqdi va o‘z himoyasini kuchaytirdi.

Natijada sud Linn foydasiga qaror chiqardi — uni uyidan chiqarish haqidagi ogohlantirish bekor qilindi, u 55 ming dollarlik jarimadan hamda 18 ming dollarlik ijara qarzidan xalos bo‘ldi.

Eng asosiysi, Linn advokatlarga ketadigan 73 ming dollardan ortiq xarajatni tejab qoldi.

Mutaxassislar esa shunday deydi:

“Adolatni ta’minlayotgan hali ham odamlar, sun’iy intellekt emas.”

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?