date

Moody's UzAuto reytingini tasdiqladi


Xalqaro reyting agentligi Moody's UzAuto Motors kompaniyasining kredit reytingini barqaror prognoz bilan Ba3 darajasida tasdiqladi. Bu kompaniyaning moliyaviy barqaror ekanligi va qarzlarni o'z vaqtida to'lashga qodir ekanligini anglatadi.

UzAuto o'zining amaldagi qarzlarini qoplash va 2026 yil may oyida muddati tugaydigan 300 million dollarlik evroobligatsiyalarni to'lash maqsadida yangi obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Moody's hisobiga ko'ra, bu kompaniyaning moliyaviy holatini mustahkamlashga yordam beradi.

Hisobotda qayd etilishicha, UzAuto O'zbekistondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bo'lib, uning bozor ulushi 82 foizni tashkil etadi. O'tgan yil davomida kompaniya 378 mingta avtomobil ishlab chiqargan, 4 milliard dollar daromad olgan va 471 million dollar miqdorida foyda ko'rgan.

Kompaniyaning 99,7 foiz ulushi davlatga tegishli. Moody's ta'kidlashicha, UzAuto uchun ba'zi xavflar mavjud, jumladan ichki bozorga qaramlik va General Motors bilan hamkorlik.

Shuningdek, muddatli to'lov tizimiga o'tish sababli savdo hajmining vaqtinchalik pasayishi kuzatilgan. Agentlikning prognoziga ko'ra, yaqin 1-2 yil ichida kompaniya moliyaviy ko'rsatkichlarini yaxshilashi va barqarorlikni mustahkamlashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Moody's UzAuto reytingini tasdiqladi