
O'zbekiston Markaziy banki mikromoliya tashkilotlari reyestriga yana uchta kompaniyani kiritdi. Regulyator matbuot xizmati xabariga ko'ra, bu bo'yicha qaror Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Reyestrga ADL MOLIYA MMT, PRIZMA KAPITAL hamda AVO FINANCE tashkilotlari kiritildi. Ularni ro'yxatdan o'tkazish Markaziy bank boshqaruvining 156, 157 va 158-sonli qarorlari asosida amalga oshirilgan, kompaniyalar mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida ro'yxatdan o'tgan.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilning dastlabki to'qqiz oyida O'zbekistonda mikromoliya xizmatlari bozori hajmi 104 trln so'mga yetib, o'tgan yilga nisbatan 1,8 barobarga oshgan. Xizmatlarning qariyb 80 foizini banklar ko'rsatgan bo'lsa, 18,5 foizi MFTlar hissasiga to'g'ri kelgan, yana qariyb 2 foizi lombardlar tomonidan taqdim etilgan.
Kreditlarning asosiy qismi milliy valyutada ajratilgan, xorijiy valyutadagi operatsiyalar hajmi esa qariyb 500 mlrd so'mni tashkil etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.