date

O'zbekistonda ijtimoiy kartalarni barcha banklar chiqarishi mumkin bo'ladi

O'zbekistonda ijtimoiy kartalarni barcha banklar chiqarishi mumkin bo'ladi

Kelasi yilning aprel oyidan boshlab O'zbekistonda ijtimoiy kartalarni mamlakatdagi barcha banklar rasmiylashtirishi mumkin bo'ladi. Bu haqda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini qayta tashkil etishga doir prezident farmonida qayd etildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Hozircha, ya'ni joriy yil dekabr oyi oxiriga qadar bunday kartalarni chiqarish huquqi faqat «Aloqabank» va Xalq bankiga berilgan. Shuningdek, kelasi yil boshidan ijtimoiy kartalardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma o'rnida foydalanish ham rejalashtirilmoqda.

Ijtimoiy xizmatlar, subsidiyalar, grantlar hamda boshqa moliyaviy ko'makni ushbu kartalar orqali taqdim etish 2026 yil iyulidan yo'lga qo'yiladi. Avvalroq tizimni fevral oyida ishga tushirish ko'zda tutilgan edi.

Shu muddatdan boshlab kartalar transport va yo'l chiptalariga beriladigan imtiyozlarga ham ulanadi: avtobus va taksida qatnov, shuningdek, poyezd va samolyot chiptalarini xarid qilishda yengilliklar taqdim etilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O'zbekistonda ijtimoiy kartalarni barcha banklar chiqarishi mumkin bo'ladi