2 709
Rossiyada «prava» uchun o‘zi imtihon olishga qodir dunyodagi birinchi mashina ixtiro qilindi
Foto: «Moskva» agentligi
Qozonlik muhandislar avtomatik rejimda yo‘l-harkati qoidalari bo‘yicha imtihon qabul qilishga qodir dunyodagi birinchi avtomobilni taqdim etdi. Avtomobil Hyundai Solaris bazasida yaratilgan bo‘lib, u haydovchilikka nomzodlarning mahoratiga sub’ektiv baho berish ehtimolligini bartaraf etishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Motor.
Seriyali Solaris bazasida yig‘ilgan innovatsion avtomobil bir necha kamera, harakat datchiklari, radarlar, shuningdek, sun’iy aloqa tizimi bilan jihozlangan. Mashinaning dasturiy moduliga sun’iy intellekt texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, bu avtomatik rejimda yo‘lda imtihon topshiruvchining yo‘ldagi harakatlarini kuzatish, yo‘l belgilari, svetofor chiroqlari va harakatning boshqa ishtirokchilarini tanish imkonini beradi. Ushbu parametrlar oddiy radarda mavjud emas.
Neyron tarmoqlar yordamida imtihon oluvchi mashina real vaqtda yo‘l harakati qoidalarining buzilishini aniqlashga, shuningdek, rulda o‘tirgan haydovchining noto‘g‘ri harakatlarini baholashga xizmat qiladi. Ixtirochilarning fikricha, yangi model inspektorning imtihon topshiruvchi shaxsga bo‘lgan sub’ektiv yondashuvini yo‘qotishi kerak. Bu borada mashina hissiyotga berilmaydi.
Birinchi bosqichda robotlashtirilgan «inspektor» salonida YHXBB xodimi bo‘ladi va u «elektron hamkasbi»ning harakatlarini nazorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?