date

Xitoy cheklovi avtomobil bozorini larzaga soldi

Xitoy cheklovi avtomobil bozorini larzaga soldi
Jahon avtomobil kompaniyalari Xitoyning nodir yer metallari eksportiga kiritilayotgan cheklovlardan oldin zarur xomashyoni topishga shoshilmoqda. Bu metallardan avtomobillarning motorlari, tormoz tizimlari, sensorlari va elektrotexnik qismlarida keng foydalaniladi. Mutaxassislarning aytishicha, cheklovlar ehtiyot qismlar tanqisligiga va ishlab chiqarishning to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.

Xitoy hozirda dunyodagi nodir yer metallari qazib olishning 70 foizini, ularni qayta ishlashning 85 foizini nazorat qiladi. Shu sababli yangi eksport nazorati global avtomobil sanoatiga katta bosim o‘tkazmoqda. AQSh va Avstraliya bu qaramlikni kamaytirish maqsadida qo‘shma kon loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqda, biroq og‘ir metallarning deyarli barchasi hanuz Xitoyda qayta ishlanadi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar, jumladan Toyota, Hyundai va Bosch kompaniyalari cheklovlar kuchga kirishidan avval zaxira yig‘ishga urinmoqda. Ba’zi kompaniyalar esa, masalan BMW nodir yer metallarsiz motorlar ishlab chiqish loyihalarini boshlagan. Ammo bu texnologiyalarni ommaviy ishlab chiqarish uchun hali bir necha yil kerak bo‘ladi.

Tahlilchilar fikricha, Xitoyning narx siyosati boshqa davlatlarga raqobat qilishni qiyinlashtirmoqda. Ekspertlar Pekinning eksport nazoratini yaqin yillarda yanada kuchaytirishi mumkinligini aytmoqda. Shu sababli, avtomobil sanoati hali uzoq vaqt davomida Xitoyning nodir yer metallari ta’minotiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoy cheklovi avtomobil bozorini larzaga soldi