Shu kunlarda Toshkent shahri va Samarqand, Buxoro viloyatlarida Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi ko‘magida “Koreya festivali-2016” madaniy tadbiri o‘tkazilmoqda. Mazkur festival doirasida Toshkentda 17 oktyabr kuni “Koreya kinosi kunlari”ga rasman start berildi.
Bu haqda xabar qilgan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yon U o‘z nutqining boshini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga atalgan hamdardlik so‘zlari bilan boshladi. Elchi mazkur festival O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarini Koreya madaniyati bilan tanishishi uchun imkoniyat yaratishini ta’kidladi.
Samarqand shahrida “Koreya kinosi kunlari” 18 oktyabrda ochilgan bo‘lsa, Buxoroda 19 oktyabrda ochilishi mo‘ljallangan.
“Koreya kinosi kunlari” Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 20 oktyabrgacha, Samarqanddagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida 21 oktyabrgacha va Buxoroning musiqa drama teatrida 22 oktyabrga qadar davom etadi.
“Koreya festivali” davomida Koreya milliy musiqa va raqs konserti, Koreya milliy o‘yinlari, rasmlar tanlovi va shu kabi qator qiziqarli madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi