15 300
«Ummon»chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi
Telegram messenjerida «Ummon» guruhi a’zosi Zohid Rixsiev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqatildi.
Tarqatilgan xabarlarda Zohid Rixsiev 30 noyabr kuni soat 11:30 da avtohalokatga uchragani va vafot etgani yozilgan.
Telegram’da tarqatilgan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad «Ummon» guruhining ma’muri Doniyor Alimuhamedovga murojaat qildi.
E’tiborli tomoni, Telegram’dagi xabarlarga ilova qilingan suratlarda boshqa bir xonanda — Alijon Isoqovning yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashinasi aks etgan (bu YTH haqida avvalroq xabar berilgan edi).
«Bu mish-mish bir necha kundan beri Telegram’dagi guruhlarda aylanib yurganidan xabarimiz bor. Xudoga shukr, ‘Ummon’ guruhidagi barcha yigitlar sog‘-salomat. Telegram’da tarqatilgan xabarlar uydirmadan boshqa hech narsa emas», — dedi «Ummon» guruhi ma’muri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi