20:40 / 25.12.2016
20 410

Davron Kabulov: Kaniza bu kabi piarchi ekanligingiz hakida oldin ham eshitgan edim

Davron Kabulov: Kaniza bu kabi piarchi ekanligingiz hakida oldin ham eshitgan edim

Davron Kabulov "Million" jamoasining konserti diski chiqqanidan so‘ng Kanizaning turmushi buzilish havfi ostida qolgani, xonanda chuqur iztirobda ekani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan gap so‘zlar yuzasidan Feysbukdagi sahifasida izoh berib o‘tdi.

Kaniza (Shahrizoda), ochig‘i sizning bu kabi piarchi ekanligingiz hakida oldin ham eshitgandim-u, ammo menga aloqasi yo‘qligi uchun ahamiyat bermagandim, - deb yozadi Davron Kabulov.

Davron Kabulov, Kanizaga bir nechta savollar bilan murojaat qilgan:

1. Bitta konsertda har qanday kutilmagan gap aytilishi mumkin, ammo "Million" konserti 7 kun 9 seans (!) o‘tkazildi. Shulardan 8 tasida ishtirok etdingiz. Saxnada nima bo‘lganidan xabarim yo‘k, debsiz. Sakkizta seans a??? Repetisiyaga kim keldi, Sizga qo‘yib qo‘ygandek o‘xshaydigan qiyofadoshingizmi? ("Istiqlol" xodimlari, "Million" a’zolari guvoxlik bera oladilar) Suhbat davomida qaysi rasmlar muhokama qilinishini kim bilan gaplashgandim? Bu rasmlarni O‘ZINGIZ telegram orqali administratorimga tashlaganingiz yodingizdan chiqdimi? (menda skrinshotlar bor) Zalda telefonga suratga olish ta’kiklangandi, fakat assistentingizga ruxsat berdik sizning ishtirokingizdagi saxna kurinishini videoga olishiga (montajda buni ham ko‘rsatishim mumkin). Ertasiga taassurotlaringizni kulib aytib berdingiz. Qaysi vijdon bilan xabarim yo‘q deyapsiz? Istagan odam shu vaqtgacha konsertlarimizda chiqqan Rayhon, Ulug‘bek Rahmatullaev, Manzura, Jahongir Poziljonov, Jasur Umirovdan surasin, XAR DOIM konsertdan avval qushiqchilar bilan repetisiya qilib olganmiz.

2. Konsert o‘tganiga 3 oydan (!) oshdi. Shuncha vaqt davomida to‘y marosimlarida Siz bilan ko‘rishdik. Nega disk chiqquncha O‘zimga bir og‘iz bu haqda gapirmadingiz?

3. "Jasur Umirovga o‘xshab arazlab yurmayman, yumorni tushunaman" deyishga kim sizni majbur qildi? Darvoqe, sizga notug‘ri etkazishgan ekan, Umirov bilan dustona munosabatlar HECh QAChON uzilmagan.

4. Kaniza eri bilan ajrashish arafasida! Kaysi eri bilan? Turmush urtog‘im 10 daqiqaga magazinga chiqsa xabardor qiladi, 8 kun pochchamga uydan qayoqqa chiqib ketayotganingizni aytmaganmidingiz? Nega eringiz biz bilan bog‘lanmadilar? Bir-biringizni og‘ir vaziyatlarda eshitishga xoxish bo‘lmasa, bitta disk baxona turmush oson buzilsa, oila asli bizgachayam mustaxkam bulmagan ekanda?

5. "Uzbeknavo"dan tortib portalgacha arz qilib, hamma informasiyani chiqarib bo‘lib, bugun menga qung‘irok qilyapsiz "gaplashib olaylik" deb. Ungacha raqamim yo‘qmidi?

Davron Kabulov: "Ushbu sahna ko‘rinishi hazm qila olmaganlarga esa, "Million" shunchaki qiziqchilarning konsertini emas, ShOU dastur qilishga intilishini eslatib utmoqchiman. Kutilmagan dialoglar, quloq eshitib urganmagan hazillarni taqdim etishga harakat qilamiz. Hamma urgangan hazillar uchun esa TVda xajviy kursatuvlar bor. Kanizani fakat kushik ayttirish kerak edi, degan fikrda yurganlar uchun: agar fakat ashula uchun bulsa Sevara Nazarxon yo Jaxongir Otajonovni taklif kilardik. Reper Shoxruxga gap yo‘y, yo‘shiy aytishga tayyorman, lekin hazil menga yarashmaydi, deb darxol ochig‘ini aytdi".

Bir paytlar Shahzodaning konsertiga Kaniza ko‘chadan chipta sotib olib, rasmga olib instagramga "taklif uchun rahmat" deb yozib qo‘yibdi, deyishsa ishonmagandim, deya yozadi Kabulov.

Arzon piarlarga xushi yo‘qligi va konsertga kelgani uchun Kanizaga tashakkur, deya qushimcha qilgan Million jamoasi a’zosi Davron Kabulov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Kabulov: Kaniza bu kabi piarchi ekanligingiz hakida oldin ham eshitgan edim