Farhod va Shirin dueti prodyuseri, shoir Bobur Bobomurod jurnalist Jasur Hamroyevning Facebook sahifasi orqali internet foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi deb yozadi Darakchi nashri.
Muxlislardan biri “Shirin bilan o‘rtangizda nima bor? Eshitishimcha, u bilan ishqiy munosabatda ekansiz?” deya savol berdi.
“Atrofda aylanayotgan mish-mishlarga e’tibor bermaslik kerak. Bu narsa odamlarga kerak ekanki, gapirishadi. O‘zim haqimdagi mish-mishlarni keyinchalik eshitib qolaman.
Odamlarga g‘iybat qilish yomon, mish-mish tarqatish gunoh deyman.
Shirin kichkina qizcha edi. Uni hech kim tanimas edi. Shu qizcha yuzaga chiqdi. Katta-katta davlat tadbirlarida ishtirok etyapti. Stadionlarni to‘ldirib konsert beryapti. Oliygohlarda tahsil oldi. Hayotda o‘z o‘rnini topyati. Nimaga odamlar Shirin haqidagi mana shu gaplarni gapirmaydi?
Shuning uchun bunday gap-so‘zlarga e’tibor bermaslik kerak. Bu mish-mishlar bizdan oldingi ustozlarda bo‘lmaganmi? Navoiy, Abdulla Oripov, Yulduz Usmonova yoki Sherali Jo‘raev haqida mish-mishlar tarqalmaganmi?”,—deydi Bobur Bobomurod bu savolga javoban. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?