Foto: Bloomberg
The Bell nashri Rossiyaga qarshi sanksiyalarni batafsil tahlil qildi. «Daryo» maqolaning asosiy joylarini keltirib o‘tadi.
Sanksiyalarning ta’siri qanaqa?
Muayyan davlatga qarshi sanksiyalar kamdan-kam hollarda uning siyosatini o‘zgartirishga yordam beradi. Siyosatni o‘zgartirish uchun «sanksiyalar tahdidi»ning o‘zi odatda yetarli.
Haqiqiy cheklovlar ko‘pincha hokimiyatni emas, balki iqtisodiyot va hayot sifatini buzadi. Buni bir nechta yo‘l bilan tushuntirish mumkin.
Birinchidan, sanksiyalar odatda avtoritar davlatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ikkinchidan, dunyo o‘nlab yillar davomida globallashuv sari intilib, kapital va tovarlar harakatiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlardan xalos bo‘lib kelmoqda. Shu sababli ma’lum bir iqtisodiyotga qarshi choralar ko‘pincha boshqa davlatlarga ham tarqaladi.
Sanksiyalar ish bermayotgandek tuyulishi mumkin
Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya neftining 90 foiz importiga nisbatan qo‘ygan embargosi kuchga kirmadi, shuning uchun uni Rossiyada eksport daromadlari o‘sib bormoqda.
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushning dastlabki 100 kunida mamlakat energiya resurslaridan 93 mlrd yevro foyda olgan bo‘lsa, uning 57 mlrd yevrosi Yevropa Ittifoqidan kelgan.
G‘arb Rossiya bilan cheklangan hamkorlikka ega, Xitoy va Hindiston esa, aksincha, ko‘proq import qilmoqda.
Mart may oylarida Hindistonda Urals neftining importi 2021 yilga nisbatan 658 foizga, Xitoyda esa 205 foizga o‘sdi.
Rossiya bu ikki davlatga 25-30 foiz chegirma bilan xom ashyo soatayotgan bo‘lsada sanksiyalar ortidan kelgan yo‘qotishlarni deyarli qopladi.
AQSH va Yevropa Rossiyaga nisbatan sanskiyalarni ilgari surdi, ammo globallashuv sharoitida ularning o‘zlari azob chekmoqda.
May oyida energiya narxining oshishi tufayli Yevropada yillik inflyatsiya 8,1 foizgacha ko‘tarildi va ittifoqning tashqi savdo taqchilligi tarixdagi rekord darajaga yetdi — 32,4 mlrd yevro.
Foto: Bloomberg
Sanksiyalar qachon ishlashni boshlaydi?
Bankir Oleg Vyuginning fikriga ko‘ra, sanksiyalar haqida gapirganda, ularning ta’sirida vaqtni hisobga olish kerak.
Shuning uchun u sanskiyalarni guruhlarga ajratadi:
- darhol moliyaviy sanksiyalar;
- savdo va logistika cheklovlari;
- zamonaviy texnologiyalarni olib kirishni taqiqlash;
- moliyaviy sanksiyalar.
Urush boshlangan vaqtda kapitalning transchegaraviy harakatini blokirovka qilish rublning qulashiga olib keldi.
Rubl esa mamlakatda neft va gaz borligi sabab tezda mustahkamlandi. Yaqin kelajakda Rossiya budjet taqchilligiga uchrashi kutilmoqda.
Bunga mudofaa xarajatlari va ijtimoiy nafaqalar oshishi, energiya soliqlari kamayishi sabab bo‘ladi.
Rossiya Moliya vazirligida chet el valyutasini sotib olish bilan bog‘liq muammolar yo‘q, Markaziy bank banklar va kompaniyalarni xarid qilish uchun hisoblagichli ruxsatnomalar beradi.
Ammo bu muammolarga olib keladi, ularning jiddiyligi oshadi. Rubl kursining haqiqiy konvertatsiya qilinmasligi iqtisodiy faoliyatga bosim o‘tkazadi.
Bunga misol qilib O‘zbekiston banklarida rublni sotib olish va sotish orasidagi katta farqni keltrishimiz mumkin.
Foto: Bloomberg
Logistika cheklovlari
Rossiya korxonalarida bir necha oy davomida yetarli mahsulot bor edi. Endi ularni parallel import va boshqa «koridorlar» bo‘ylab tashish kerak bo‘ladi.
Kamomadni qoplash mumkinmi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.
- Import qilinadigan butlovchi qismlarni muqobil variant bilan almashtrish zarur. Bu xarajatlarning oshishiga va boshqa yo‘qotishlariga olib keladi, — deydi Vyugin.
Texnologik import
Bunda cheklovlar ko‘p yillar davomida iqtisodiyotga ta’sir qilishi mumkin.
Rossiyada zamonaviy standartlarga javob beradigan barcha ishlab chiqarish jahon texnologiyalari va uskunalarini qarzga olish va moslashtirish natijasidir.
Agar yetarlicha ta’minot bo‘lmasa, mamlakat «texnologik izolyatsiya»da bo‘ladi.
Rossiya G‘arb mahsulotlarini kam rivojlangan mamlakatlarniki bilan almashtirishga intiladi. Bunda sifat muammosi yuzaga keladi.
Xitoy G‘arb o‘rnini bosa oladimi?
«Xitoyning import o‘rnini bosishi» hali ham so‘roq ostida, deydi Moskva davlat universiteti qoshidagi Iqtisodiy siyosatni o‘rganish markazi direktori Oleg Buklemishev.
Buning ortidan Xitoy ikkinchi darajali sanksiyalarga duch kelishi mumkin. Xitoyda transport, to‘lov va bojxona infratuzilmalari ham hamkorlik uchun sust rivojlangan.
Rossiya kompaniyalarining hammasi ham Osiyo bilan «kichik sherik sifatida» ishlashga tayyor emas.
Rossiya agar Xitoy maqbul yechimlarni topsa ham, mamlakat biznesi raqobatbardoshligini yo‘qotib, mahsulotlarni o‘ta qimmat narxlarda sotib oladi.
Rossiyani qanday tarkibiy o‘zgarishlar kutmoqda
Bahordan beri Rossiya Markaziy banki iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlardan o‘tishi kerakligini aytmoqda.
Tahlilchi Oleg Buklemishevning fikricha, bu jarayon evfemizm — o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish sharoitida iqtisodiyotning degradatsiyasiga aylanadi.
Degradatsiya — bu ob’ekt yoki hodisaning xususiyatlarini vaqt o‘tishi bilan yomonlashuvi, tabiat va vaqt qonunlariga muvofiq tashqi ta’sir tufayli materiyaning asta-sekin yomonlashishi, pasayishi, yo‘q qilinishi.
- Amaldagi sanksiyalarni tarixdagi boshqa misollar bilan solishtirib bo‘lmaydi, - deydi «Iqtisodiy qurollar» kitobi muallifi Nikolas Madler.
Keng tarqalgan sanksiyalar asosan Eron va Venesuela kabi kichik iqtisodiyotlarga nisbatan qo‘llanilgan, Rossiya esa dunyodagi o‘n birinchi yirik iqtisodiyot va asosiy resurslar yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Tahlilchilar 2014—2015 yillarda Rossiyaga qarshi cheklovlar boshqa voqea deb hisoblashadi.
O‘shanda Rossiyada kapital bozorlari yopildi, neft narxi ikki barobar pasaydi, inflyatsiya oyiga deyarli 4 foizga yetdi.
Ammo keyin AQSH o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqgach Rossiyada energiya resurslari narxi oshdi, mamlakat jahon bozorlariga qaytdi.
2022 yilda inflyatsiya deyarli bir zumda oyiga 10 foizga tezlashdi va rubl ikki hafta ichida 40 foizga tushdi, shu bilan birga neft narxi ko‘tarildi.
Shunday qilib, yil oxirida mamlakat iqtisodiyoti Rossiya Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy banki bashorat qilganidek 10 foizga emas, balki 13-15 foizga pasayishi mumkin.
Tahlilchilar hozirgi inqirozni tarkibiy deb hisoblashadi. Rossiya 1990 yillarning boshida shunga o‘xshash narsani boshdan kechirgan.
1990 yil McDonalds’da navbatda turgan rossiyaliklar
Foto: Bloomberg
Mamlakat biznes aloqalarini yo‘qotgan edi, lekin ularni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Farqi shundaki, o‘sha paytda mamlakat ichida aloqalar barbod bo‘lgan, hozir esa tashqi dunyo aloqalari bilan shunday bo‘lmoqda.
Keyin xorijiy davlatlar bilan aloqa tovarlarning bozor bahosi, resurslar va milliy valyutaning salmog‘ini aniqlashga yordam berdi. Endi tariflar va narxlar cheklovlar bilan buzilgan.
Rasmiylarning fikricha, iqtisodiyot tiklanadi va asta-sekin avvalgi texnologik darajaga qaytadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi