
Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Porsche kompaniyasining joriy yilning to'qqiz oyi davomida olgan foydasi o'tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 96% ga kamayib, atigi 114 million yevroni tashkil etdi. Faqat uchinchi chorakda kompaniya zarar ko'rib, yo'qotishlar 967 million yevroga yetdi.
Operatsion foyda o'tgan yilgi taxminan 4 milliard yevrodan 40 million yevroga tushib, deyarli 99% ga pasaydi. Kompaniyaning tushumi esa 6% ga kamayib, 26,9 milliard yevroni tashkil etdi.
Tahlilchilarning fikriga ko'ra, bu inqiroz Porsche strategiyasini qayta ko'rib chiqishi bilan bog'liq. Rahbariyat elektromobillar va akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo'yicha keng ko'lamli rejalaridan voz kechdi.
Yangi elektr modellarni ishlab chiqarish muddatlari kechiktirildi va investitsiyalar asosan ichki yonuv dvigatellariga ega an'anaviy avtomobillarga yo'naltirildi. Faqat bu yilning o'zida strategiyani qayta qurish uchun 3,1 milliard yevro sarflanadi.
Porsche daromadi qariyb 96% kamaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar