date

Erling Holann magʻlubiyatdan keyin fikr bildirdi

Erling Holann magʻlubiyatdan keyin fikr bildirdi
Angliya Premer-ligasining toʻqqizinchi turida "Manchester Siti" safarda Birmingemning "Aston Villa" jamoasiga minimal hisobda, 0:1, magʻlub boʻldi. Ushbu natija yuzasidan "shaharliklar" hujumchisi Erling Holann oʻz fikrlarini bildirdi.

"Kuchli raqibga qarshi qiyin oʻyin oʻtkazdik. Bizni qoʻllab-quvvatlash uchun kelgan barchaga rahmat," - dedi norvegiyalik hujumchi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Toʻqqiz turdan soʻng Xosep Gvardiola shogirdlari 16 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi. "Shaharliklar" peshqadam Londonning "Arsenal" jamoasidan olti ochkoga ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erling Holann magʻlubiyatdan keyin fikr bildirdi