23:18 / 23.09.2022
3 239

Zaporoje viloyati Kiyevdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini talab qildi

Zaporoje viloyati Kiyevdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini talab qildi
Ukraina qo‘shinlari Zaporoje viloyatining qolgan qismini zudlik bilan tark etishi kerak, aks holda referendumdan keyin ular bosqinchilar hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.

Bugungi kunda Rossiya harbiylari Zaporoje viloyati hududining qariyb 73 foizini nazorat qiladi, qolgan 27 foizi, jumladan Zaporoje viloyati markazi Kiyev rejimi nazorati ostida qolmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlari Zaporoje viloyatining qolgan qismini zudlik bilan tark etishi kerak. Aks holda, referendum o‘tkazilgach, mustaqillik e’lon qilinishi va viloyat Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bilan Ukraina qo‘shinlari bosqinchi sifatida qabul qilinadi va ularning har qanday harakatlari Rossiyaga qarshi tajovuzdir”, dedi Rogov.

19 sentyabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikga Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20 sentyabr kuni Xerson va Zaporoje viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zaporoje viloyati Kiyevdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini talab qildi