
LDPR fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Yaroslav Nilov Davlat Dumasida Kotelniki aholisi Vladimir Putinga shikoyat qilgan namozxona bilan bog‘liq janjaldan so‘ng Davlat Dumasining yalpi majlisida Moskva viloyatida «migrantlar hukmronligi» munosabati bilan Ma’muriy Kodeksga o‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan chiqdi.
U xuddi shunday bayonotni Kotelnikidagi namozxonaga qarshi harakatlardan keyin ham aytgan. Bir necha kun oldin namozxonani xavfsizlik kuchlari tintuv qilib, muhrlab ketgan.

Nilovning fikricha, muhojirlarning harakatlanishini qattiq nazorat qilish, ularning yashash va yashash joylarini qattiq tekshirish lozim ekan.
Bundan tashqari, Nilovning fikricha, muhojirlarni ishga joylashtirish masalasini tartibga solish kerak.
— "Muntazam reydlar, tekshirishlar o‘tkazib, javobgarlikka tortish kerak. Va qo‘rqmasdan Rossiyadan kirishni taqiqlash bilan haydab chiqarish lozim. Endi amnistiya bo‘lmasligi kerak”, — deydi Nilov.
Kotelnikidagi namozxona politsiya tomonidan yopilgan bo‘lsa ham uning yonida kechayu kunduz bir necha avtozak – politsiya avtobuslari navbatchilik qilib turibdi. Yo‘ldan o‘tgan muhojirlar to‘xtatilib, hujjatlari tekshirilmoqda.
Mahalliy aholi masjidni «terrorizm o‘chog‘i», «vahhobiylar makoni» sifatida ko‘radi.
Moskva shahrida 872 ta cherkov bo‘lgani holda masjidlar soni atigi 4 ta.
2023 yilning mart oyida Kosino-Uxtomskiy tumanida o‘nlab namoyishchilar ko‘l yaqinida qurilajak masjidga qarshi namoyishlar o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng Moskva meri Sergey Sobyanin masjid boshqa joyda qurilishiga qaror qilgan edi.
Rus pravoslav cherkovi vakillari ham masjidlar qurilishiga zimdan qarshilik qiladi.
Masalan, patriarx Kirillning vikariysi, yepiskop Savva muhojirlarni Moskvaga bosib olish uchun kelayotgan odamlar sifatida baho bergan.
Musulmonlarning hatto o‘z mablag‘idan masjid qurishga qaror qilgani ham hokimiyat va mahalliy aholi tomonidan qarshilikka duch keladi. Maloyaroslavetsda o‘z hisobidan masjid qurmoqchi bo‘lgan mahalliy tatarlar jamiyatining raisi 79 yoshli raisi Bizbax Gabitov o‘zi tug‘ilgan shaharda 40 kishiga mo‘ljallangan kichik masjid qura olmagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar